
- 0
- 21.07.2026 18:41:00
- 1 min read
Joriy yilning 20-iyul kuni AQSHning Nyu-York shahridagi Manxetten tumanida joylashgan, immigratsiya sudi binosi oldida yong‘in chiqarishga urinish sodir bo‘ldi. Mazkur holat videokuzatuv kameralariga tushib qolgan. Videoda noma’lum erkak bino tashqarisida ataylab olov yoqqani aks etgan. Yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, erkak voqea joyining o‘zida ushlangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Hozirda, ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.