Toshkentda to‘rtta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda to‘rtta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi
  • 0
  • 26.01.2026 12:25:00
  • 1 min read

25-yanvar kuni Toshkentning Olmazor tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasida Malibu-1, Nexia-3, Onix va Damas avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. YTH natijasida Nexia-3 haydovchisi va 2 yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Nexia-3 eng katta zarar ko‘rganligi aks etgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News