
- 0
- 06.05.2026 10:30:00
- 1 min read
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, Chevrolet Equinox yuqori tezlikda svetoforda to‘xtab turgan avtomobillarga kelib urilgan.
Guvohlarning aytishicha, zarba oqibatida ko‘plab mashinalar ishtirokida zanjirli avariya yuzaga kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 20 dan ortiq avtomobil zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin.
Hodisa tafsilotlari va jabrlanganlar soni aniqlanmoqda. Hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.