
- 0
- 25.12.2025 15:06:00
- 1 min read
Buyuk Britaniya politsiyasi musulmon ayollarni xizmatga jalb qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida magnitli hijobni joriy etdi. Bu haqda National News xabar berdi. Loyiha tashabbuskori tergovchi serjant Yassin Desai bo‘lib, u 20 yil avval ayol ofitserlar uchun xavfsiz va qulay hijob yaratish g‘oyasini ilgari surgan. Blue Light Hijab loyihasi doirasida ishlab chiqilgan hijob uch yillik tadqiqot va sinovlardan o‘tgan. Ma’lum qilinishicha, magnitli hijob tez yechiladi va bo‘g‘ilish xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga u kamtarona va professional ko‘rinishni saqlab qoladi. Dizayn xizmatdagi musulmon xodimalar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.