
- 0
- 05.01.2026 09:50:00
- 1 min read
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda AI yordamida yaratilgan videolar keng tarqalib, unda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qanday qo‘lga olingani va buning sabablari tasvirlanmoqda.
CNN telekanali ikki xabardor manbaga tayanib xabar berishicha, Maduro AQSH kuchlari tomonidan o‘z uyida, tun yarmida uxlab yotgan paytida qo‘lga olingan.
Shuningdek, endi Venesuelani AQSH boshqarishini ma’lum qilgan Donald Trampning ushbu fikri keng bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi:
“Biz Venesuelani shunday boshqarishimiz kerakki, uning iqtisodiy boyliklaridan — qimmatbaho neft va boshqa resurslardan foydalana olaylik”, — dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Venesuela jahonda eng katta neft zaxirasiga ega davlatdir. Xalqaro energiya ma’lumotlariga ko‘ra, Venesuela taxminan 303 milliard barrel tasdiqlangan neft zaxirasiga ega, bu dunyo bo‘yicha eng katta ko‘rsatkichdir.