Makron va Melonining juda iliq munosabati internetni portlatdi!

Makron va Melonining juda iliq munosabati internetni portlatdi!
  • 0
  • 20.04.2026 10:26:00
  • 1 min read

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Italiya bosh vaziri Jorja Melonining iliq salomlashishi keng muhokamalarda. Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan muhim sammit oldidan ikki yetakchining kutilmagan darajada samimiy va biroz “g‘alati” quchoqlashishi tasvirlangan video qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi. Garchi uchrashuv jiddiy davlatlararo masalalarga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, aynan shu qisqa lahza barchaning diqqat markaziga tushib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Ba’zi tarmoq foydalanuvchilari esa: “Makron yana rafiqasidan kaltak yemasa bo‘ldi”, — deya hazilomuz izohlar ham qoldirishmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News