Tushlik tayyor😋😍

Tushlik tayyor😋😍
  • 3
  • 07.09.2026 11:26:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
1 stakan guruch
200 gr mol go‘shti qiymasi
2 dona piyoz
1 dona sabzi
2 osh qoshiq un
4 dona kartoshka
1 dona bodring va pomiodor
biroz ko‘kat va ziravorlar

Tayyorlanishi:
Birinchi mol go‘shti qiymasiga ziravorlar, un va maydalab to‘g‘ralgan piyoz solinib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng, qiyma qo‘lda kichik koptokcha qilib chiqiladi va koptokchalar qizigan yog‘da qovuriladi. Qozonga to‘g‘ralgan piyoz, qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi, 1 osh qoshiq un va tomat solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Oxirida, qozonga g‘ilakchalar va 1 stakan suv solinib, dimlab qo‘yiladi. Likopchaga qaynatilgan guruch, uning yonidan kartoshkali pyure, pyureni ustidan esa, g‘ilakli sho‘rvani solib, pomidor, bodring va ko‘katlar bilan bezatiladi. Mazali taomimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha🤗

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News