Lukashenko Shimoliy Koreyaga bordi

Lukashenko Shimoliy Koreyaga bordi
  • 0
  • 25.03.2026 18:33:00
  • 1 min read

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ilk bor rasmiy tashrif bilan Shimoliy Koreyaga bordi va Pxenyanda Kim Chen In bilan uchrashdi. Ikki kunlik tashrifning asosiy qismi ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar hisoblanadi.
Uchrashuv Kim Ir Sen maydonida tantanali tarzda o‘tkazildi. Marosimda ikki davlat madhiyalari yangradi, faxriy qorovul saf tortdi va rasmiy delegatsiyalar ishtirok etdi.
Tashrif davomida tomonlar do‘stlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashni rejalashtirmoqda hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News