
- 0
- 31.01.2026 15:59:00
- 1 min read
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko aytishicha, ayollar uchun eng yaxshi “go‘zallik vositasi” kosmetik muolajalar emas, balki ochiq havoda belkurak bilan qor tozalashdir. U bu fikrni mikroelektronika sohasida faoliyat yurituvchi “Planar” korxonasiga tashrifi chog‘ida xodimalar bilan suhbatda bildirgan. Lukashenko so‘zlariga ko‘ra, jismoniy mehnat va toza havo tashqi ko‘rinish va sog‘liq uchun foydaliroq hisoblanadi.