Luvrdagi o‘g‘rilik: 7 kishi qo‘lga olindi, o‘g‘irlangan buyumlar topilmadi

Luvrdagi o‘g‘rilik: 7 kishi qo‘lga olindi, o‘g‘irlangan buyumlar topilmadi
  • 0
  • 31.10.2025 16:14:00
  • 1 min read

Fransiya politsiyasi Luvr muzeyida sodir bo‘lgan o‘g‘rilik ishi doirasida yetti nafar gumondorni qo‘lga oldi. Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, asosiy gumondor jinoyat joyida topilgan DNK izlari orqali aniqlangan. Qolgan shaxslar esa voqea tafsilotlari haqida ma’lumot berishi mumkin bo‘lganlar sifatida tergovga jalb qilingan. Eslatib o‘tamiz, 19-oktabr kuni Luvr muzeyidan 88 million yevrolik (taxminan 100 million dollar) qimmatbaho tarixiy buyumlar o‘g‘irlangandi. Politsiya Parij va uning atroflarida reydlar o‘tkazdi, biroq o‘g‘irlangan boyliklar hali topilgani yo‘q. O‘g‘rilar muzey xodimlari bilan til biriktirgani haqida ham gumonlar majvud. Biroq, prokuror muzey xodimlarining o‘g‘rilikka aloqasi yo‘qligini aytdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News