
- 7
- 21.02.2025 09:09:00
- 1 min read
Xitoylik olimlar gen tahrirlash texnologiyasidan foydalanib, Q10 koenzimini sintezlaydigan yangi guruch navini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Koenzim Q10 — inson hujayralari energiya almashinuvining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yurakni antioksidant himoya qilishda muhim vazifalarni bajaradi. U oksidlanish jarayonlarini kamaytiradi, yurak mushaklariga kuch bag‘ishlaydi, mushaklar tirishishi va spazmalarini, og‘riq sindromining oldini oladi hamda teri osilishini bartaraf etadi. Inson organizmida bu moddani tabiiy sintezlash 20 yoshdan keyin pasayadi.