Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi

Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi
  • 18
  • 13.12.2025 08:32:00
  • 1 min read

Sog‘liqni saqlash vazirligi retseptsiz beriladigan dori vositalari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Qonunchilikka muvofiq, bunday dorilar haqidagi axborot ularning qo‘llanma yo‘riqnomalarida hamda Davlat reyestrida joylashtiriladi. Hozirda 1 846 turdagi dori vositasi retseptsiz berilishi mumkin bo‘lgan dorilar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Ular orasida bolalar kremlari, og‘riq qoldiruvchilar va kundalik foydalaniladigan boshqa dori vositalari mavjud. Eng ko‘p qo‘llaniladigan dorilar ro‘yxati vazirlikning rasmiy manbalarida e’lon qilingan.

Shuningdek, vazirlik “Elektron retsept” tizimi yuzasidan ham tushuntirish berdi. Tizim davolash xavfsizligini oshirish, shifokorlarning mas’uliyatini kuchaytirish, dori aylanmasini tartibga solish va soxta dorilar xavfini kamaytirishga qaratilgan. Elektron retsept tizimi hozircha Toshkent shahri va 15 ta hududda joriy etilmoqda. Uni butun respublika bo‘ylab kengaytirish 2026-yil oxirigacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Vazirlik ta’kidlashicha, favqulodda holatlarda, bolalar, keksalar va surunkali kasallikka chalingan bemorlar zarur dorilarsiz qolmaydi. Bu toifadagi bemorlar alohida nazoratga olingan. Tizim faoliyatini kuzatish uchun maxsus ishchi guruh tashkil etilgan. Fuqarolar murojaatlari Telegram’dagi @ssv_pilotbot orqali qabul qilinadi va ustuvor tartibda ko‘rib chiqiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News