
- 0
- 24.03.2026 13:26:00
- 1 min read
O‘zbekistonda avtomobillarga davlat raqam belgilarini berish tizimi yangilanib, davlat raqamlarini tanlash va xarid qilish uchun ‘‘AvtoRaqam’’ mobil ilovasi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda, avtomobil uchun raqamlarni ushbu ilova orqali jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham sotib olishi mumkin. Ta’kidlanishicha, ilovada ‘‘chiroyli’’ va oddiy raqamlarni ajratish va tanlash jarayonida inson omili cheklangan bo‘lib, electron tarzda amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur ilova foydalanuvchilarga mavjud kombinatsiyalarni real vaqt rejimida kuzatish va tanlash imkonini beradi. “AvtoRaqam” mobil ilovasini App Store yoki Play Market platformalaridan yuklab olish mumkin.