
- 6
- 26.09.2026 11:32:00
- 1 min read
Masalliqlar:
1 dona aysberg karami
200 gr pishirilgan tovuq filesi
200 gr konservalangan makkajo‘xori
2 dona yangi bodring
2 osh qoshiq mayonez
biroz tuz
Tayyorlanishi:
Aysberg karamini mayda qilib to‘g‘rab, salat idishiga soling. Ustidan makkajo‘xori, mayda qilib to‘g‘ralgan tovuq filesi va halqa shaklida to‘g‘ralgan bodringni qo‘shing.
2 osh qoshiq mayonez va tuz solib, yaxshilab aralashtiring.
Ajoyib salatimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🥰