
- 1
- 01.05.2026 12:19:00
- 1 min read
“Osh bo‘lsin!”: “Siti” yulduzlari o‘zbekcha gapirdi
Angliya Premyer Ligasida 1-o‘ringa qaytgan “Manchester Siti” klubning Instagram’dagi rasmiy akkauntida Abduqodir Husanov, Xoland, Doku, Foden, Stounz, Ake va Diash ishtirokida Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkori Artel bilan hamkorlikda olingan videoni joylashtirdi.
Postdagi izohlarda Abduqodirning jamoadoshlari “Yana oshmi?”, “Osh bo‘lsin!”, “Nima gap?” degan gaplarni talaffuz qilishi o‘zbekistonlik foydalanuvchilarning maqtoviga va muhokamasiga sabab bo‘ldi.