
- 0
- 28.03.2026 17:16:00
- 1 min read
Joriy yilning 27-mart kuni Nyu York shahrida O‘zbekiston va Lesoto o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi.
Ta’kidlanishicha, ushbu hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov hamda Lesotoning BMTdagi missiyasi rahbari Matete Nena mamlakatlari hukumati nomidan imzolagan. Shuningdek, tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni izlash bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishga kelishib olishgan. Ma’lumot uchun, Lesoto Qirolligi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 166-davlatdir.