
- 2
- 01.07.2026 12:01:00
- 1 min read
Masalliqlar:
1 dona limon
170 gr shakar
10 gr vanilli shakar
bir chimdim tuz
60 ml o‘simlik yog‘i
50 ml sut
3 dona tuxum
250 gr un
10 gr razrixlitel
Tayyorlanishi:
Birinchi limon 5 daqiqa suvda qaynatib olinadi. So‘ng, bo‘laklarga bo‘linib, danaklari olib tashlanadi. Idishga limon bo‘laklari, shakar, vanilli shakar, tuz, tuxum, sut va o‘simlik yog‘i solinib, blenderda silliq massa holiga kelgunicha maydalanadi. Oxirida, un va razrixlitel qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan pirog xamiri qolipga solinib, 160°C da 1 soat davomida pishiriladi. 2 osh qoshiq shakar va 1 osh qoshiq limon sharbati aralashtirilib, sovigan pirog ustidan surtiladi va dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha❤🍷