
- 1
- 02.08.2025 09:42:00
- 1 min read
Barselona” va “Real Madrid” ramziy jamoalari sentabr oyida AQShda ikki marta do‘stlik uchrashuvi o‘tkazadi. Uchrashuvlar 9-sentabr kuni Nyu-Jersidagi “Sports Illustrated” stadionida va 13-sentabr kuni Floridadagi “Chase” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Bu uchrashuvlarda sobiq futbol yulduzlari – Rivaldo, Adriano, Klaudio Bravo va Paulinyo kabi afsonalar ishtirok etadi
“Barca Legends” – 2016-yilda tashkil etilgan loyiha bo‘lib, sobiq futbolchilar orqali klub brendini dunyoga tanitish va qadriyatlarini targ‘ib qilishni maqsad qilgan. Bu ikki klub afsonalari o‘rtasidagi o‘yinlar ilgari Bayrut, Tokio, Doha, Mumbay kabi shaharlarda ham o‘tkazilgan.