Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
  • 0
  • 02.04.2026 11:26:00
  • 1 min read

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlik byurosi advokati 10 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, u mahalliy fuqaroga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini sud tizimidagi tanishlari orqali ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX fuqarolarni shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelganda 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishga chaqirdi. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Avvalroq ham DXX tomonidan Toshkent, Samarqand, Guliston, Jizzax va Sirdaryo hududlarida pora talab qilgan advokatlar qo‘lga olingani ma’lum qilingan. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News