
- 0
- 21.01.2026 08:51:00
- 1 min read
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Buyuk Britaniya” emas, shunchaki “Britaniya” deb atashni taklif qildi. U bu fikrni Rossiya diplomatiyasining 2025-yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bildirdi.
Lavrovning aytishicha, Britaniya o‘z nomida o‘zini “buyuk” deb ataydigan kam sonli davlatlardan biri. U bu gaplar haqorat ma’nosida emasligini alohida ta’kidladi. Bu fikr Mariya Zaxarova britaniyalik Sky News jurnalistiga so‘z berishidan oldin aytildi. Jurnalist esa Lavrovning so‘zlaridan xafa bo‘lmaganini bildirdi.