Laureus: Lamin Yamal — dunyoning eng yaxshi yosh sportchisi

Laureus: Lamin Yamal — dunyoning eng yaxshi yosh sportchisi
  • 9
  • 01.05.2026 12:06:00
  • 1 min read

Laureus: Lamin Yamal — dunyoning eng yaxshi yosh sportchisi

Kecha, 20-kuni “Barselona” yulduzi Lamin Yamal Laureus mukofotining eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Lamin ushbu mukofotni qabul qilish jarayonida bundan juda xursand ekanini bildirib, bu yutuqni o‘z oilasi, klub akademiyasi va jamoadoshlariga bag‘ishladi. Marosim davomida u  mukofotning eng yaxshi sportchisi bo‘lgan vatandoshi Karlos Alkarasni ham tabriklab, bunday natijalar uning kelajakda yanada katta yutuqlarga erishishiga turki bo‘lishini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, Yamal joriy mavsumda kataloniyaliklar safida 44 ta o‘yin o‘tkazib 23 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News