Farg‘ona viloyatida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi

Farg‘ona viloyatida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi
  • 0
  • 14.05.2026 16:21:00
  • 1 min read

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Rishton tumani “Dehqonobod” mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan kelgan Volvo rusumli yuk mashinasi tekshirildi. Natijada avtomobil g‘ildiraklari ichiga yashirilgan narkotik moddalar aniqlangan. Tezkor harakatlar vaqtida 1974-yilda tug‘ilgan haydovchi hamda buyurtmachi sifatida gumon qilinayotgan, Uchko‘prik tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida g‘ildiraklar ichidan jami 3 kg 408 g opiy va 16 kg 405 g gashish borligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ushbu jinoyatga buyurtmachi shaxsning 1980-yilda tug‘ilgan otasi ham aloqador ekani aniqlanib, u ham ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Eslatib o‘tamiz, avval ham hududda shunga o‘xshash holatlar kuzatilib, yirik miqdordagi giyohvand moddalar olib o‘tilishiga urinishlar fosh etilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News