O‘zini o‘likka solib mashhur bo‘lgan qo‘zichoq

O‘zini o‘likka solib mashhur bo‘lgan qo‘zichoq
  • 0
  • 17.01.2026 14:46:00
  • 1 min read

Xitoyda kichkina qo‘zichoq noodatiy “hiylasi” bilan ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi. Kimdir yaqinlashishi bilan u o‘zini o‘likka soladi. Dastlab hushidan ketgandek ko‘ringan bu holat aslida uning himoya hiylasi bo‘lib chiqdi. Egasi qo‘zichoqni bozorga olib chiqqanida, xaridorlar uni kasal deb o‘ylab, sotib olishdan bosh tortishgan. Video internetda keng tarqalgach esa vaziyat o‘zgardi: qo‘zichoqqa qiziqish keskin oshdi va unga 130 ming yuan (18 ming dollar)gacha takliflar bildirildi. Shunga qaramay, egasi bu “aktyor”ni sotmaslikka qaror qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News