Lahmajun Pide

Lahmajun Pide
  • 2
  • 26.02.2026 15:53:00
  • 1 min read

Masalliqlar: Xamir uchun: 1 stakan sut 1 choy stakan iliq suv Yarim choy stakan o‘simlik yog‘i 1 paket tezkor xamirturush 1 choy qoshiq shakar Tuz 5 stakan un Ichki masalliq (nachinka) uchun: 200 g qiyma 1 dona piyoz 1 dona yashil qalampir Chorak bog‘ maydanoz 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i Qizil qalampir, qora murch, tuz Tayyorlanishi: Xamir uchun barcha masalliqlarni (undan tashqari) idishga solib aralashtiramiz. Unni asta-sekin qo‘shib, yumshoq xamir qoramiz. Xamirni strech plyonka bilan yopib, ko‘tarilguncha dam oldiramiz. Ichki masalliq uchun piyoz va boshqa sabzavotlarni blenderdan o‘tkazib, qiyma bilan aralashtiramiz va yaxshilab qoramiz. Dam olgan xamirni yog‘li qog‘oz solingan listga yoyamiz. Ustiga ozgina yog‘ surtamiz. Oralarini bo‘sh qoldirib, bir qatlam qiyma, bir qatlam qirg‘ichdan chiqarilgan kashar pishlog‘i joylaymiz. 180°C da avval 10 daqiqa pastki rejimda, so‘ng past-ust rejimda pishiramiz.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News