Lag‘mon🥢

Lag‘mon🥢
  • 5
  • 10.10.2026 18:23:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
300 gr go‘sht
1 dona oq turp
3 dona bulg‘or qalampiri
8 dona pekin karamining uzak qismi
1 bog‘ selderey
3 dona piyoz
6 dona sarimsoq
2 dona pomidor
1 osh qoshiq tomat pastasi
6 osh qoshiq soya sousi
1 osh qoshiq maxsus lag‘mon ziravori
biroz tuz

Tayyorlanishi:
Birinchi qozonga yog‘ solib go‘shtni rangi o‘zgarguncha qovuramiz. Keyin piyoz solamiz. Biroz qovurilgach, soya sousi va sarimsoqning yarmini qo‘shib, olovini pasaytiramiz va 20-30 daqiqaga dimlab qo‘yamiz. Go‘sht yumshagandan so‘ng, tomat pastasi, to‘g‘ralgan karam va oq turpni solib, baland olovda qovuramiz. Keyin to‘g‘ralgan bulg‘or qalampiri, pomidor va selderey bandlarini qo‘shib, 8 minut qovuramiz. Ustiga maxsus lag‘mon ziravori, sarimsoq va tuz solib bir ikki aylantiramiz va qaynoq suv quyamiz. Va past olovda 20 daqiqa qaynatamiz. Tayyor lag‘monlarni alohida idishda qaynatib, kosalarga taqsimlab solamiz va ustidan sho‘rvasini quyamiz. Mazali lag‘monlarimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha❤🤗

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News