Qirg‘izistonda mast holda mashina boshqargan ta’lim vaziri ishdan olindi

Qirg‘izistonda mast holda mashina boshqargan ta’lim vaziri ishdan olindi
  • 0
  • 17.12.2025 16:21:00
  • 1 min read

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri Baxtiyar Orozovni davlat xizmatchilari etikasi talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod etdi. Tegishli farmon 15-dekabr kuni imzolangan. Orozov Chuy viloyatida mast holda avtomobil boshqarganlikda gumonlanib YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Tibbiy ko‘rik uning organizmida alkogol borligini tasdiqlagan. Orozov pivo ichganini tan olgan. U 2025-yil may oyida vazir etib tayinlangan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News