Qirg‘iziston prezidenti maktabga qor kechib borgan o‘quvchini taqdirladi

Qirg‘iziston prezidenti maktabga qor kechib borgan o‘quvchini taqdirladi
  • 0
  • 18.12.2025 09:12:00
  • 1 min read

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov maktabga deyarli beligacha qor ichidan yurib borayotgani aks etgan video bilan tanilgan 4-sinf o‘quvchisi Nurzaman Almazbekovni prezidentlik Yangi yil archasiga taklif qildi. Prezident bolaning ta’limga bo‘lgan intilishidan ta’sirlanganini aytib, u bilan shaxsan uchrashdi. Uchrashuvda Nurzamanga o‘zining eski iPhone’ini, noutbuk, futbol to‘pi va kitob sovg‘a qildi.
Nurzaman 4-sinfda o‘qiydi, a’lochi o‘quvchilardan biri. U matematikani va qirg‘iz adabiyotini yaxshi ko‘radi, chiroyli rasm chizadi hamda futbol o‘ynaydi. Oilada u 6 farzandning to‘rtinchisi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News