
- 0
- 29.12.2025 10:41:00
- 1 min read
Bishkekda bloger qiz Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan tushgani aks etgan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan suratlari sabab jarimaga tortildi. Bu haqda advokat Sherdor Abduqaparov Threads’da ma’lum qildi.
Bloger ijtimoiy tarmoqlarda prezident bilan go‘yoki birga tushgan, AI orqali yaratilgan tasvirlari tarqatgan. Shundan so‘ng u Oktabr tuman sudiga olib kelingan.
Sud qaroriga ko‘ra, blogerga 5 500 som (taxminan 32 ming tengedan ortiq) miqdorida jarima belgilandi. Advokat bunday harakatlar uchun javobgarlik borligini, qonunni bilmaslik esa javobgarlikdan ozod etmasligini ta’kidladi.
