
- 0
- 21.05.2026 10:18:00
- 1 min read
Prezident Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 2026-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may — chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi.
Hududlarda Qurbon hayitini milliy an’analarga mos tarzda o‘tkazish, shuningdek, ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Qonunchilikka muvofiq, ushbu sana ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi. Shuningdek, barcha xodimlar uchun 28–29-may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi. Olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa 30-may kuni ham dam oladi. Shunday qilib, bayramda ish haftasi turidan qat’i nazar, barcha 5 kun ketma-ket dam oladi.