Kreml Putinning tahrirlanmagan videosini e’lon qildi

Kreml Putinning tahrirlanmagan videosini e’lon qildi
  • 0
  • 10.03.2026 07:49:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Putinning 8-mart munosabati bilan yo‘llagan tabrigining tahrirlanmagan videosi keng tarqaldi. Kreml matbuot xizmati videoning tahrirlanmagan versiyasini tasodifan e’lon qilib yuborgan. Videoda u birinchi urinishdan so‘ng tomog‘i qichishib ketganini aytib, nutqni qayta olishni so‘raydi. 6 daqiqa 19 soniyalik rolikda Putin tabrik matnini ikki marta o‘qib bergan. 

Video rasmiy Telegram kanalda taxminan 4 daqiqa turib qolgan. Shundan keyin Kreml uni o‘chirib, 2 daqiqa 52 soniyalik qisqartirilgan versiyasini qayta joylagan. Ammo shu vaqt ichida videoning asl varianti ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, esda qolarli tabrikka aylandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News