Koreya o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatishi mumkin

Koreya o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatishi mumkin
  • 17
  • 19.01.2026 07:17:00
  • 1 min read

Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojirlarning qariyb 9 foizi nolegal maqomga o‘tgan. Agar bu ko‘rsatkich 10 foizga yetsa, Koreya Adliya vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov Toshkentdagi uchrashuvda ma’lum qildi.
Elchiga ko‘ra, Koreyada 100 ming atrofida o‘zbekistonlik yashaydi va nolegal ishlash holatlari keskin ko‘paygan. Bu holat O‘zbekiston imijiga salbiy ta’sir qilmoqda hamda koreys kompaniyalarining o‘zbekistonlik ishchilarga bo‘lgan ishonchini pasaytirmoqda.
Shuningdek, muammo ta’lim yo‘nalishiga ham taalluqli: til kurslari yoki universitetlarga kelgan ayrim yoshlar o‘qishni tashlab, nolegal ishlashga o‘tmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda D-2 talabalik vizasi bilan kelib qoidabuzarlik qilganlar orasida o‘zbekistonliklar 13 foizni tashkil etgan.
Koreya O‘zbekistonga E-8 mavsumiy vizasi bo‘yicha har yili 5 ming kvota ajratadi, biroq hozircha atigi 600 tasi ishlatilmoqda. Hozir O‘zbekistondan ishchilar Koreyaga faqat Migratsiya agentligi orqali yuborilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News