Qo‘qonlik tabib 10 sutkaga qamaladi

Qo‘qonlik tabib 10 sutkaga qamaladi
  • 0
  • 17.12.2025 16:23:00
  • 1 min read

Xalq orasida “bionur” sohibi sifatida tanilgan Iqbol Soliyev xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni takroran buzgani uchun 10 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudlari ma’lum qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 17-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-5-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Ushbu modda qonunbuzarlik takror sodir etilganda jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi belgilaydi. Ma’lum bo‘lishicha, Iqbol Soliyev avval ham — 2025-yil yanvarida shu turdagi huquqbuzarlik uchun 7,5 mln so‘m jarimaga tortilgan. Uning O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnomasi esa 2024-yil dekabrida muddati tugagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News