Kimning qizi yadro qurollarini nazorat qilmoqda

Kimning qizi yadro qurollarini nazorat qilmoqda
  • 0
  • 26.02.2026 08:31:00
  • 1 min read

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 13 yashar qizi Kim Ju Ae mamlakat Raketa ma’muriyatida rahbarlik lavozimiga tayinladi. Bu haqda razvedka manbalariga tayanib, The Chosun Daily nashri xabar berdi (https://www.chosun.com/english/north-korea-en/2026/02/23/IDNKD6G3QBBFJHS42BA2WCWVRY/). 
Ushbu ma’muriyat Pxenyanning yadroviy va ballistik raketa dasturlarini nazorat qiladi. Ju Ae harbiy hisobotlarni qabul qilmoqda hamda ayrim hollarda topshiriqlar bermoqda. Kuzatuvchilar Ju Aening Kim Chen Inning ehtimoliy vorisi sifatida tayyorlanayotganini ta’kidlashmoqda, bu esa Shimoliy Koreyada an’anaviy erkak merosxo‘rlar ustun bo‘lgan tizim uchun noodatiy holat hisoblanadi. 

Shimoliy Koreya 1940-yillardan buyon Kimlar sulolasi tomonidan boshqarib kelinadi. Pxenyan Kimning boshqa farzandlar haqida rasman ma’lumot bermagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News