
- 6
- 02.10.2026 11:44:00
- 1 min read
Janubiy Koreya razvedkasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning vazni 140 kilogrammdan oshgani va u o‘ta semizlik sabab yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori guruhga kirishini ma’lum qildi. Bu haqda Janubiy Koreya razvedka xizmatiga tayanib AFP xabar berdi.
Seul razvedkasining baholashiga ko‘ra, Kim Chen In ko‘p yillardan beri ortiqcha vaznga ega va ko‘p tamaki chekadi. Shunga qaramay, uning hozirgi jismoniy holatida jiddiy muammolar kuzatilmayapti va zinadan chiqishda qiyinchilikka duch kelmayotgani aytilgan.
Janubiy Koreya parlamenti a’zosi Yun Kun Yonning aytishicha, Kim Chen In maxsus tibbiy guruh tomonidan muntazam kuzatuvda.
Kim Chen Inning sog‘lig‘i avval ham turli taxminlarga sabab bo‘lgan. Uning otasi Kim Chen Ir va bobosi Kim Ir Sung ham ortiqcha vaznga ega bo‘lgan va ko‘p chekkan. Har ikki siyosatchi yurak xurujidan vafot etgan.