
- 0
- 31.07.2026 10:52:00
- 1 min read
Adliya vazirligi “Xorazm guruchi”ni geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, Xorazm vohasida yetishtiriladigan guruch yuqori sifati, xushbo‘yligi va o‘ziga xos ta’mi bilan ajralib turadi. Uning ushbu maqomni olishi mahsulot nomining huquqiy himoyasini ta’minlaydi, kelib chiqishi va sifatini kafolatlaydi hamda undan noqonuniy foydalanishning oldini oladi.
Shuningdek, mazkur qaror Xorazm guruchini milliy brend sifatida rivojlantirish va uni ichki hamda tashqi bozorlarda keng targ‘ib etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.