
- 1
- 05.01.2026 17:41:00
- 1 min read
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakatda norozilik namoyishlari kuchayib, xavfsizlik kuchlari ularni bostira olmasa, Moskvaga qochib ketishi mumkin. Bu haqda The Times razvedka ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xomanaiy va 20 nafar eng yaqin yordamchilari, shuningdek oila a’zolari uchun evakuatsiya rejasi tayyorlangan. Zarurat tug‘ilganda ular Tehrondan chiqish, xorijdagi aktivlar va mol-mulkni to‘plash orqali xavfsiz yo‘l bilan ketishi nazarda tutilgan.
G‘arb razvedka idoralarining psixologik tahliliga ko‘ra, Xomanaiy iyun oyida Isroil bilan bo‘lgan 12 kunlik urushdan keyin “ruhiy va jismoniy jihatdan ancha zaiflashgan”, ammo uzoq muddatli strategik maqsadlar yo‘lida taktik murosa qila oladigan shaxs sifatida ta’riflangan. Isroil razvedkasi vakili Beni Sabti fikricha, uning Moskvaga qochishidan boshqa variant qolmagan.
Eron bo‘ylab norozilik namoyishlari davom etmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp namoyishlar kuch ishlatib bostirilsa, aralashishga tayyorligini bildirgan, ammo Xomanaiy yaqin yordamchilari bunga qarshi ogohlantirish bergan.