
- 0
- 02.03.2026 08:17:00
- 1 min read
28-fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgda yetti yoshli bolani qutqarib, hayotini xavf ostiga qo‘ygan Xayrulla Ibodullayev tantanali kutib olindi. Minnatdorchilik belgisi sifatida Centrum Air aviakompaniyasi qahramonga besh yil davomida barcha parvozlar uchun bepul chipta beruvchi shaxsiy sertifikat, Centrum Holidays esa ota-onasi uchun Umra ziyoratiga yo‘llanma sovg‘a qildi.