
- 8
- 28.09.2026 10:05:00
- 1 min read
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Uning lavozimdan olinishi 24-sentabr kuni Kaspiy dengizidagi harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 17 nafar harbiy xizmatchi dengizga oqib ketib, ulardan 14 nafari halok bo‘lganidan bir necha kun o‘tib amalga oshirildi. Biroq lavozimdan olinganiga rasmiy sabab keltirilmagan.
Hodisa ortidan besh nafar mas’ul shaxs qo‘lga olingan. Ular xizmatga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish va kemani boshqarish qoidalarini buzishda gumonlanmoqda. Kosanov o‘rniga Aydos Mırzaxmetov Qozog‘iston mudofaa vaziri etib tayinlandi.