
- 0
- 22.05.2026 13:09:00
- 1 min read
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib eVTOL turidagi uchar taksini sinovdan o‘tkazdi. Bosh vazir o‘rinbosari Qanat Bozumbayev ushbu xizmatning taxminiy narxini ochiqladi.
Ma’lumotga ko‘ra, uchar taksi bilan 1 kilometr yo‘l taxminan 1 dollar turadi. Masalan, 15 kilometr masofa 15 dollarga yaqin bo‘ladi.
Olmaota aeroportidan shahar markazigacha parvoz narxi 7–8 ming tenge (taxminan 178–204 ming so‘m) atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Rasmiylar kelajakda raqobat hisobiga narxlar arzonlashishini bildirgan.
eVTOL uchar taksilar 200 km/soat tezlikka erishadi va bir zaryadda 200 km gacha masofa bosib o‘ta oladi. Ular 1 uchuvchi va 5 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, loyiha 2029-yilgacha to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.