
- 0
- 22.01.2026 07:25:00
- 1 min read
Qozog‘iston hukumati 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishini cheklashni ko‘rib chiqmoqda. Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva aytishicha, qonun loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va foydalanuvchilarning yoshini tekshirish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, mediasavodxonlikni oshirish va reklama daromadlarini tartibga solish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarga yosh bo‘yicha cheklov joriy etish amaliyoti bir qator davlatlarda qo‘llanilmoqda. Avstraliyada 2024-yildan 16 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlangan. Daniya 15 yoshgacha bo‘lganlar uchun shunday cheklovni joriy etishni rejalashtirmoqda, Malayziya esa 2026-yildan 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarni cheklashni ko‘zlamoqda. Fransiya ham 15 yoshgacha bo‘lganlar uchun taqiq kiritishni muhokama qilmoqda.
Shuningdek, Xitoy va Fransiya kabi davlatlar bolalarni zararli onlayn kontentdan himoya qilish choralarini kuchaytirmoqda.