Qamchibek Tashiyev ishi sudga oshirildi

Qamchibek Tashiyev ishi sudga oshirildi
  • 2
  • 13.05.2026 09:29:00
  • 1 min read

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga yuborildi. Ish “maxfiy” tasnifi ostida ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi ayblov xulosasini tasdiqlagan. Ish Bishkekdagi Pervomayskiy tuman sudiga yuborilgan bo‘lib, unda Tashiyev bilan birga yana 7 kishi ayblanmoqda.

Sobiq amaldorga “hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashga urinish” hamda “mansab vakolatini suiiste’mol qilish” moddalariga asosan ayblov qo‘yilgan. Ish maxfiylashtirilgani sababli sud majlislari yopiq tarzda o‘tkaziladi. Tergov va sudga oid ma’lumotlarni oshkor qilish taqiqlangan.

Qamchibek Tashiyev fevral oyida lavozimidan ozod etilgan edi. Keyinchalik u davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq ish bo‘yicha so‘roqqa chaqirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News