
- 0
- 15.01.2026 08:19:00
- 1 min read
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina razvedkasi tarqatgan sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlarni rad etdi. U Grozniy ko‘chalarida avtomobil boshqarib ketayotgani aks etgan videoni e’lon qilib, buyragi ishlamay qolgani va Chechenistonga yangi rahbar tayinlanishi haqidagi gap-so‘zlar asossiz ekanini bildirdi.
Qodirov bu mish-mishlarni Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tarqatilgan “bemani fitna” deb atadi.
“Razvedka umuman ishlamayapti, xuddi uxlab yotgandek, shunchaki xohlaganlarini yozishmoqda. Ukraina maxsus xizmatlari menda xususiy klinika borligini aniqlabdi. U yerda menga buyrak bo‘yicha rad javobi berishganmish va men o‘sha yerda yashayotganmishman. Aslida esa... Aslida biz shahar bo‘ylab sayr qilmoqdamiz”, degan Qodirov.