Kobuldagi giyohvandlar shifoxonasi bombalandi: 400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Kobuldagi giyohvandlar shifoxonasi bombalandi: 400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
  • 1
  • 17.03.2026 11:13:00
  • 1 min read

16-mart kuni Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi giyohvandlar davolanadigan shifoxonaga bir nechta havo zarbalari berildi.
“Tolibon”ning ta’kidlashicha, Pokistonning Kobulga bergan zarbalar oqibatida giyohvandlikka qarshi davolash klinikasi vayron qilingan, oqibatda 400 kishi halok bo‘lgan va yana 250 kishi jarohatlangan. Pokiston buni inkor qilmoqda, rasmiy bayonotga ko‘ra, zarbalar faqat “Tolibon”ning harbiy ob’ektlariga berilgan. Kasalxona qo‘riqchisi esa hujumdan oldin osmonda patrullik qilayotgan samolyot ovozlarini eshitganini aytgan.

Avvalroq Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi keskinlik “ochiq urush” darajasiga yetganini aytilib, Pokiston Afg‘onistonning bir nechta shaharlariga, jumladan Kobulga ham havo zarbalari bergan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News