Akmal Shukurovni ozodlikka chiqargan sudyalar ishdan olindi

Akmal Shukurovni ozodlikka chiqargan sudyalar ishdan olindi
  • 0
  • 26.12.2025 09:48:00
  • 1 min read

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 25-dekabrdagi farmoyishiga asosan Akmal Shukurov ishi bo‘yicha qaror chiqargan bir qator sudyalar lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi ma’lum qildi.
Mazkur ishda jazoni yengillashtirgan Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari Mirzajonov Murodjon Qodirovichning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Shuningdek, apellyatsiya sudlov hay’ati a’zolari Turg‘unova Muhtarama, Ilhomjonov Odilbek va Abidov Mirziyod ham qonunbuzarliklar sabab lavozimidan ozod etildi. Sudyalar oliy kengashi iste’folar ushbu ish bilan bog‘liqligini tasdiqladi.
Shu bilan birga, Farhodjon G‘aniyev Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari etib, Murodjon Ababakirov esa Andijon viloyat sudi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Akmal Shukurov ishi ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lgan va ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News