
- 0
- 14.01.2026 10:16:00
- 1 min read
Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi Nara shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Janubiy Koreya prezidenti Li Che Myong uchun kutilmagan musiqiy kecha uyushtirdi. U BTS’ning mashhur qo‘shig‘i “Dynamite” hamda K-Pop Demon Hunters saundtrekidan “Golden”ni barabanda chalib ijro etdi.
Takaichi keyinchalik shuni aytdiki, bu syurprizni Li Che Myong oktabr oyida APEC sammitida barabanda chalish uning shaxsiy orzusi ekanini aytgani sabab uyushtirgan. Prezident ham bu lahzani “bolalik orzusi amalga oshdi” deb baholadi.
Ushbu noodatiy musiqiy chiqish ikki davlat rahbarlari orasidagi iliq munosabat va madaniy hamkorlik ramzi sifatida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.