
- 0
- 31.03.2026 13:19:00
- 1 min read
Yaponiyada Awababy nomli yangi ilova ishlab chiqildi. Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan dastur chaqaloq yig‘isini tahlil qilib, uning sabablarini aniqlaydi va ota-onalarga go‘dak ehtiyojlarini tushunishga yordam beradi.
Ilova 150 mingdan ortiq audioyozuvlar asosida o‘qitilgan bo‘lib, yig‘ining balandligi, tembri va davomiyligini tahlil qiladi va ochlik, uyqu, noqulaylik, yolg‘izlik, qorin og‘rig‘i kabi 11 turdagi ehtiyojni aniqlay oladi.
20-apreldan e’tiboran ilovaning premium versiyasi Yaponiyaning Misima shahrida ikki yoshgacha bolasi bor oilalarga bepul taqdim etiladi.