Kar haydovchi tahqirlangan video uyushtirilgani ma’lum bo‘ldi

Kar haydovchi tahqirlangan video uyushtirilgani ma’lum bo‘ldi
  • 0
  • 08.04.2026 10:32:00
  • 1 min read

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ikki yigit qulog‘i eshitmaydigan taksi haydovchisini tahqirlab, ustidan kulgani aks etgan video tarqalgandi. 
Ma’lum bo‘lishicha, holat Samarqandda sodir bo‘lgan. Uch kishi oldindan kelishib, obunachi yig‘ish maqsadida shu holatni sahnalashtirgan. Surishtiruv natijasida ularning shaxsi aniqlandi va mashina boshqargan “kar” haydovchiga 8 sutka, ikki yo‘lovchiga esa 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi berildi.
Shuningdek, avtoulovni boshqaruvchi haydovchining haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi aniqlanib, unga nisbatan Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News