
- 8
- 26.09.2026 18:43:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan, o‘zini Namangan viloyatidan deb tanishtirgan Baxtiyor Mo‘minov aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi vakolatxonasi va O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari o‘rganish olib bordi.
Aniqlanishicha, Baxtiyor Mo‘minov 1990-yillarda oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan va keyinchalik Rossiya fuqaroligini olgan. Uning Rossiya fuqarosi ekani huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ham tasdiqlangan. Yaqin qarindoshlari ham Rossiya fuqarolari hisoblanadi. Migratsiya agentligi xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga vakolatlari doirasida yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.