
- 0
- 05.12.2025 09:09:00
- 1 min read
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2025–2026-o‘quv yilida maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Boshlang‘ich sinflar (1–4-sinf) uchun esa bir kun oldin – 27-dekabrdan boshlanadi.
Ta’til 10-yanvargacha davom etadi, jami 14 kun.
Shuningdek, 11-yanvar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, III chorak darslari 12-yanvardan boshlanadi.