
- 8
- 09.10.2026 12:24:00
- 1 min read
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov Bekmurod Abdullayev va u bilan birga sudlangan boshqa xodimlarning aybsizlik masalasi ham to‘liq ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Bu haqda u 9-oktabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytdi.
Bekmurod Abdullayev va yana 28 kishiga nisbatan jinoyat ishi davlat mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq ayblovlar yuzasidan ko‘rib chiqilgan. Ish yopiq sud majlislarida ko‘rilgan.
2026-yil sentabrida Abdullayev oqlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. 24-sentabr kuni esa uning Toshkent shahri Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi.